TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2023

Samarqandga sayyohat

2023 yil 8 oktabr kuni "Ekologiya va huquq" fakulteti STMT ta`lim yo‘nalishi 404-guruh talabalari guruh ustozi M.Abduqodirova  rahbarligida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarini ziyorat qilib kelishdi.  Sayohatchilar Registon maydonida bo‘lib, Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori Mir Shohi Zinda madrasalari bilan yaqindan tanishdilar va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

Shahar bo‘ylab sayohat chog‘ida Go‘ri Amir maqbarasi va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning tug‘ilib o‘sgan xonadoniga tashrif buyurib, qur’on tilovat qilindi, so‘ng shaharning boshqa tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarda bo‘ldilar. Sayohat davomida universitetimiz talabalari jahonning sayqali deb e’tirof etilgan Samarqand shahri umuman yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar Samarqanddan yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev axboroti

Universitet matbuot хizmati