TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

Samarqandga sayohat

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiylar” kafedrasi о‘qituvchisi Bobur Shodiyev boshchiligida “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 302-guruh talabalari “9-may – Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan tarixiy va madaniy bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo’lmish Samarqand bo‘ylab sayohat qildilar. Shaharning tarixiy va betakror obidalari “Amir Temur maqbarasi”, Registon maydonida joylashgan “Ulugʻbek madrasasi, “Sherdor madrasasi” va "Tillakori madrasasi", “Bibixonim jome masjidi”, “Shohi Zinda” xonaqoni bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar. 

Universitet matbuot xizmati