TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2024

Samarali faoliyat sohibasi

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev e’tirof etganlaridek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.  Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki ular bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Shular haqida o‘ylaganda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi mudiri, t.f.n., professor, Gazieva Ra’no Teshabaevna ham birinchilardan bo‘lib ko‘z oldimizga keladi.  40  yillik mehnat staji, 34 yil ilmiy-pedagogik stajiga ega bo‘lgan Ra’noxon opa fidoyi va faol, ayni paytda tajribali ustozlardandir.        

R.T.Gazieva 1983 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirish” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, injener elektromexanik mutaxassisligini olgandan boshlab turli vazifalarda ishlasada o‘zlari ta’lim olgan ushbu dargohga mehri boshqacha bo‘lgan.  

U UNESCO xalqaro hamkorlik doirasida qishloq joylarda ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlari  sifatini tubdan yaxshilash hamda soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan o‘rnatilgan aloqa tizimini yanada mustahkamlash, o‘quv va malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish hamda kafedraning o‘quv-laboratoriya bazasini sifat jixatdan modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi  hamda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda faol qatnashdi.    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish bo‘yicha Memorandum yo‘nalishlariga muvofiq, 2019 yilda Germaniyaning FESTO DIDACTIC ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan keltirilgan laboratoriya uskunalarini o‘quv-ilmiy maksadlarda foydalanish maksadida 2022 o‘quv yilida kafedrada tashkil etilgan A&B engineering ilmiy innovatsion laboratoriyasida yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli talabalarning suv ta’minotini nazorat qilish va boshqarish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar, raqamli texnologiyalar, dasturiy ta’minot va suniy intellekt yechimlari ishlash tamoyillariga imkon beruvchi zamonaviy texnologik qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lgan ilmiy loyixalar, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish masalalari innovatsiya vazirligi, suv xo‘jaligi vazirligining tegishli bo‘limlariga topshirildi.

Bugungi kunda professor R.T.Gazieva rahbarligida TJIChAB kafedrasida ishlab turgan ilmiy- innovatsion laboratoriya esa O‘zbekistondagi irrigatsiya kanallari, GTS, nasos stansiyalarida amalga oshirilayotgan yangi texnologik yechimlarning o‘ziga xos talablarini to‘la qondiradi. Ushbu laboratoriyada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining intellektual dasturiy va apparat vositalari asosida kompyuterli boshqaruvli texnologik qurilmalarni modellashda magistrantlar , doktorantlar bilan olib borilayotan ishlarni  yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazishda mas’ul sifatida faollik ko‘rsatmoqda.

R.T.Gazieva rahbarligida bir nafar nomzodlik, 20 nafar magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. R.T.Gazieva hozirgi kungacha  mutaxassisligi bo‘yicha 5 ta monografiya, 260 dan ortiq ilmiy maqolalar va oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari uchun 10 ta darslik  va  18 ta o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, 60 dan ortik o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta patent, 8 ta dasturiy ta’minot bo‘yicha mualliflik guvohnomasi va patent muallifidir.           

R.T.Gazieva tashabbusi bilan Xitoy TU, Indiya TU, Bolgariya TU, Magnitogorsk davlat texnologik universiteti, Volgograd davlat texnologik universiteti, Qirg‘iziston TU IChJA kafedralari bilan o‘quv-ilmiy yo‘nalish bo‘yicha  yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan.

R.T.Gazieva yuksak salohiyati, har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshishi, yangiliklarga intiluvchanligi va jamoat ishlarida faolligi, o‘ziga va yoshlarga nisbatan talabchanligi, hamksblariga mehribonligi sababli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar orasida izzat-hurmatga sazovor.U 2016 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” yubiley medali, 2016 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining faxriy yorliqlari, 2020 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

R.T.Gazieva “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish, uning iqtisodiyotini mustahkamlash va xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirish, ilm-fan-ta’lim-ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish, bugungi davr talablariga javob beraoladigan mutaxassislarni tayyorlash, yoshlarning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga uzoq yillardan buyon samarali hissa qo‘shayotgan faol xodimlarimizdan biri hisoblanadi.

Biz bayram munosabati bilan ularni chin dildan tabriklar ekanmiz, xuddi shunday shijoat va kengqamrovli faoliyat ularni aslo tark etmasin. Baxtimizga hamisha omon bo‘lsinlar.

Universitet matbuot xizmati