TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2024

Salbiy hissiyot – stress garovi

Joriy yilning 20 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va “Girotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar hamkorlikda  “B”bino 112-xonada “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-kurs 104-guruh talaba yoshlari bilan "Dunyoga optimistik ruhda qarash san'ati" mavzusida seminar trening tashkil etdilar. Tadbir talabalarda o'quv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan stressogen vaziyatlar (shaxsning stress holatiga tushishiga sabab bo'luvchi hayotiy murakkab vaziyatlar) va unga nisbatan bildiriladigan reaktsiyalarning psixologik mexanizmlari, stressogen vaziyatlardan chiqib ketishda shaxsda mavjud bo'lgan optimizm va pessimizm xususiyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda stressning klinikasi, stressli vaziyatdagi fiziologik ko'rinishlar, sressni keltirib chiqaruvchi omillar, stressdan qutilish va uning oldini olish usullari, stressdan xalos bo'lishda vizualizatsiya texnikasini qo'llash haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Seminarda “Stressning ko'rinishi”, “G'azabni yengish”, “Etikdagi tosh” kabi trening o'yinlardan foydalanildi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutori  D. Xursandovalar axboroti  

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati