TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

Ruhlarini shod etib

Joriy yilning 18 - yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakultetining tyutori X.R.Saidova boshchiligida 1 - kurs faol talabalari bilan O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirlash maqsadida I.A.Karimov muzeyiga tashrif buyurishdi.

Birinchi Prezidentimiz o'zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o'chmas iz qoldirgan. Nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga sazovor bo'lgan. I.A.Karimov muzeyiga tashrif buyurishgan talaba yoshlar O'zbekistonning birinchi prezidenti Vatanimiz uchun ko'rsatgan jonbozliklarini xotirlab yodga olishdi. Talabalarimiz muzeydagi eksponatlar orqali boy tasurotlarga ega bo‘lishdi va ko‘tarinki kayfiyatda tadbir nihoyasiga yetdi.

GTQ tyutori X.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati