TIQXMMI yangiliklari

img
05.02.2024

Ruhiy salomatlik va xotirjamlikni saqlash

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash  muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 3-Talabalar turar joyi  “Iqtisod ” fakulteti talaba qizlari bilan davra suhbat tashkil etdi. Bolaligimizdan bizga gigiyena ko'nikmalari, tishlarimizni, qo'llarimizni yuvish o'rgatiladi.  Ammo psixologlar ruhiy gigiyena deb ataydigan ko'nikma va tushunchalar ham mavjud.  Bugungi tadbirda talaba qizlarga ruhiy gigiyena haqida ma'lumot berish va unga amal qilish borasida tavsiya berish maqsadida “Ruhiy salomatlik va xotirjamlikni qanday saqlash kerak?” mavzusida suhbat olib borildi. Tanamiz bizga abadiy baxtli xizmat qila oladigan ajoyib asbobdir.  U bilan nima qilish, qanday munosabat ko'rsatishimiz shaxsiy tanlov masalasidir.  Asbob zanglamasligi uchun uni ishlatish kerak, doim chiniqtirilgan tana va aql uzoq va to'liq ishlay oladi.
Tanani, xotirani, aqlni, reaktsiya tezligini, diqqatni muntazam ravishda chiniqtirish zarur. Oyda bir marta hech qachon qilinmagan ishga qo'l urish – bu jasorat.  Yiliga kamida bir marta jiddiy yutuqqa erishish - musobaqa, tanlovlarga qatnashish insonning ma'naviy kamolotiga poydevor bo'ladi. Ushbu qoidalarga rioya qilish tanamizni hamda psixoemotsional holatimizni quvvatlantiradi va bu dunyoga kelib bajarishimiz kerak bo'lgan maqsadlarimizni eng yuqori sifat va zavq bilan amalga oshirishimizga imkon beradi. Tadbirda mavzuga doir qiziqarli ma'lumotlar berildi. Suhbat davomida "Iqtisod" fakulteti  3-kurs talabasi Guliza kurash bilan shug'ullanishi va kurash sport turi bilan muntazam shug'ullanib turishi, sport mashqlari orqali tanasini chiniqtirib yurishini va har haftada yotoqxona qizlari bilan “raqs kuni” tashkil etishib, ruhiy salomatliklarini yanada kuchaytirish borasida olib borayotgan sa'yi harakatlari to'g'risida so'zlab o'tdi. Aysыlu, Charosxon, Sabrina, Ruxshonabonu va ikkita adash Hulkarlar ham tadbirda faol qatnashib, mavzu yuzasidan o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashib o'tishdi. 
O'tilgan mavzu ishtirokchilar ongida jonli tasavvur hosil qilishiga xizmat qiladigan hamda esdan chiqarib yubormasliklari uchun assotsiatsiya bo'luvchi rivoyatlar asosida mustahkamlandi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmat