TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2023

“Rostselmash” kompaniyasi bilan xamkorlik davom etmoqda.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilarining bir gurux o‘qituvchilari joriy yil 5-dekabr kuni Buxoro viloyati Qoravulbozor tumanidagi “Buxoro agroklaster zaminlari” xududida Rossiyaning “Rostselmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini namoyishi va dala sharoitida ishlatish taqdimoti seminarida ishrok etdilar.

Seminarda “Rostselmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan texnikalar to‘g‘risida ma’lumotlar, kelgusida yo‘l qurilish sohasida ishlatiladigan texnikalar ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yillayotganligi to‘g‘risida ma’lumot-taqdimot qilindi.      

   

Namoish etilgan g‘alla yig‘ishtirish kombayni “Vektor 410” hamda yuqori quvvatli “Rostselmash 2375” xaydov traktorining texnik tavsifnomasi, uning boshqa texnikalardan ustinlik tomonlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, 2018 yilda universitet bilan kompaniya o‘rtasida tuzilgan “Xamkorlik memorandumi” asosida kelgusida xamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan kelishib olindi.