![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-05-03_10-12-48.jpg)
Respublika aerogeodeziya markaziga tashrif
2024 yil 2 may kuni “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 3-bosqich 306-guruhi talabalari stajyor-o’qituvchi Y.Akramova raxbarligida Respublika aerogeodeziya markaziga tashrif buyurishdi.Tashrif chog’ida markazning yetakchi mutaxassislari tomonidan talabalarga respublikamizning turli hududlarida aerofotosuratga olish boyicha amalga oshirilgan ishlar, zamonaviy resurstejamkor texnologiyalardan foydalanib aerosuratga olish, ortofotoplanlarni yaratishda ish unumdorligini oshirish, sarf harajatlarni qisqarish, yer kadastriga oid ma’lumotlarniyu aniqligi va resurslarni tejamkorligini ta’minlanishiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar berildi.
“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti