TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2023

Rektorning Yashnobod tumani yoshlari bilan uchrashuvi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori prof. B.Mirzayev Toshkent shahar, Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi muammoli yoshlarni o‘rganish, ularga har tomonlama yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida tumandagi Islom ota mahallasida istiqomat qiluvchi 4 nafar yoshlar bidan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori ishtirok etdi.

Universitetda bo‘lib o‘tgan uchrashuv jarayonida, jumladan, tumanning Beshariq mahallasi isqomat qiluvchi Kodirov Abdulaziz Abduraxmon o‘g‘lining haydovchilik guvohnomasi olish uchun haydovchilik maktabiga o‘qishga yordam ko‘rsatilishi, Navro‘zobod mahallasi istiqomat qiluvchi Ibragimova Xuvaydo Ubaydulla qizining eshitish va gapirish qobiliyati yo‘qligi tufayli unga tarjimon kerakligi, Boysun Xolboyev Daniil Denisovich hali maktab o‘quvchisi ekani, onasi unga sport va sog‘lomlashtirish ishlariga sharoit yaratib berish kerakligi, jumladan, dastlab suzish sport turiga Daniil uchun bepul yo‘llanma berish zarurat ekani, Navro‘zobod mahallasida istiqomat qiluvchi O’ng‘arov Oydinoy Qobuljon qizining hozirda O’zbekiston Milliy Universiteti magistraturasini tamomlayotgani, ko‘rish qobiliyati cheklangani sababli doktorantura uchun chet tili imtihonini alohida topshirish yuzasidan ijobiy yechimga qilib  berish bo‘yicha muammolar aniqlandi.

Uchrashuv yakunida yoshlar muammolarini hal etish ularga yechim izlash hamda takliflari bo‘yicha yordam ko‘rsatish bo‘yicha rektor tomonidan mas’ullarga topshiriq berildi.