TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2024

Rektor va bitiruvchi talaba-yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 4 may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori texnika fanlari doktori, professor Mirzayev Baxodir Suyunovichning bitiruvchi talaba-yoshlar va doktorantlar bilan uchrashuvi tashkil etildi va yuqori saviyada o‘tkazildi.

Uchrashuvda rektorimiz tomonidan talabalarning takliflari va oldida turgan turli muammolar bo‘yicha suhbatlashdi. Talabalar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirishdi. Barcha fikr va takliflarga rektor mufassal javob berdi. Shuningdek, talabalarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlab berishni e’tirof etib, talabalardan yaxshi bilim olishlari va kelajakda o‘z mutaxassislari bo‘yicha talab darajasida kadrlar bo‘lib chiqishlari zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuvda bir qator muammolar o‘z yechimini ham topdi, ko‘plarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.