TIQXMMI yangiliklari

img
20.01.2024

“Rassomlik ko’rgazmasi” tashkil etildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar tashabbusi bilan universitetning 2-Talabalar Turar Joyida “Rassomlik ko’rgazmasi” tashkil etildi. Unda “Rassomchilik tanlovi” bo’yicha kelib tushgan ishlanmalar namoyish etildi. Ko’rgazmada fakultetning 15 ga yaqin talabalari o’zlarining turli xil mavzudagi mualliflik ishlari bilan qatnashdilar. Mazkur ko’rgazma kun bo’yi davom etib, tashrif buyurgan tomoshabinlar ham rasmlarga fikrlar bildirib, o’z baholarini berdilar. Ijodiy ishlanmalar fakultetning ishchi komissiyasiga taqdim etildi. Yakuniy natijalardan so’ng g’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati