TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

«Qurolli kuchlar» muzeyiga sayohat

Joriy yilning 11 - yanvar kuni “TIQXMMI” MTU  "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori  D. Axrarova 1-kurs SXM 102 - guruh talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi  “Qurolli kuchlar  Davlat muzeyi” ga tashrif  buyurishdi. Muzey 1965 yilda tashkil topgan. Muzey ekspozitsiyasi Qurolli kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san'ati, shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Qurolli  kuchlari rivojlanishning hozirgi davrini aks ettiradi. Muzeyga tashrifdan asosiy maqsad barcha talabalarni vatanparvarlik tarbiyasini boyitish va yanada yuqori saviyaga ko‘tarishdan  iboratdir.  Talaba-yoshlarimizda  bu muzey katta taassurot uyg‘otdi.

Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori  D. Axrarovaning axboroti

Universitet matbuot xizmati.