TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Qulay moddiy texnik baza - sifatli ta’lim garovidir.

Dars o‘tish jarayonida eng asosiy vositalardan biri sifatida didaktik ta’minot bilan birga moddiy texnik va texnologik vositalar, axborot texnologiyalarining ham o‘z o‘rni, vazifasi va talablari mavjud bo‘lgani kabi auditoriyaning jihozlanishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada psixolog, pedagog va sotsiologlar tomonidan bir qancha eksperemental ishlar amalga oshirilib kelinmoqdaki, bular bevosita talabalarning axborotni  qabul qilish, xotirada saqlash, sezgi a’zolari tomonidan xis etishini talab etadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi materialni xavola etmoqchiman.

1.Axborotni 5 ta sezgi a’zolari vositasida qabul qilish nisbati ko‘rsatgichlari:

-ko‘rish a’zosi orqali – 83 %;

- eshitish a’zosi orqali – 11 %;

- hid bilish a’zosi orqali – 3,5 %;

- teri sezgisi orqali -1,5 %;

Tam bilish a’zosi orqali – 1%

2. Axborot oradan 2 hafta  o‘tkach, quyidagi miqdorlarda xotirada qolishi aniqlangan. Ular:

- o‘qiganimizning -10%;

-eshitganimizning -20%;ko‘rganimizning-30%; 

-ko‘rgan va eshitganimizning-50%;

- gapirganimizning – 80%;

-gapirgan va amalda bajarganimizning 90% ni xotirada koldirar ekanmiz.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda darslarda didaktikaning barcha tamoyillaridan darsda unumli foydalanish va didaktik ta’minot bilan birga axborot texnologiyalardan birgalikda darslarni samarali tashkil etishda  bu ko‘rsatgichlarni inobatga olish, ko‘proq ularni auditoriyada erkin fikrlash, muloqat, eshitgan ma’ruza va ko‘rgan narsalaridan foydalangan xolda dars jarayonini insonparvarlashtiriilgan va demokratlashtirilgan holatlarni yuzaga keltirish, nutq madaniyatini o‘stirish, fikr doirasini kengaytirish, qarorlar qabul qilish, o‘z fikrini isbotlay olish, vaziyatlardan to‘g‘ri chiqib ketish kabi  malakalarini shakllantirib borish lozim. Shundagina biz dars samarasiga erisha olamiz.

Mana shunday darslardan biri sifatida Professional ta’lim (suv xo‘jaligi melioratsiyasi) yo‘nalishining 212 guruh talabalari bilan “Kasbiy pedagogika”fanidan professor Z.Ismailova tomonidan tashkil etildi.Bu darslardan talabalarning  bir kunlik mavzu doirasida bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga erishildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sinf-dars tizimini  to‘g‘ri tashkil eta olish va vaqtdan unumli foydalana olish –dars samaradorligiga erishishning asosiy omillaridan biridir.