TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

Qozog’istonning Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti delegatsiyasi tashrifi

2023 yilning 28 fevral kuni Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti Ilmiy ishlar va Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Maynura Buribayeva boshchiligidagi delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi.

Dastlab delegatsiya vakillari hamkorlik o’rnatish maqsadida tegishli universitetimiz ilmiy-o’quv faoliyati bilan tanishishdi. Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor prof. A. Salohiddinov universitetimiz haqida videorolik taqdim qilindi va to’ldiruvchi ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlik yo’nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida o’zaro manfaatli talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo’sh diplomli dastrularini yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so’ng universitetimizda hududida barpo etilgan laboratoriyalar bilan tanishishdilar. Shuningdek, tashrif so’ngida esdalik sovg’alar almashishdilar.