TIQXMMI yangiliklari

img
25.11.2023

Qozog’istonlik talabalarga GAT kursi bo’yicha sertifikatlar topshirildi

“TIQXMMI” MTU Geoinformatika qoʻshma tadqiqot markazida Qozog’iston Respublikasining Qo‘rqit ota nomidagi Qizilo‘rda davlat universiteti talabalari “Geografik axborot tizimi (GAT)”ning boshlang’ich bosqichi bo’yicha ArcGIS 10.8 dasturiy taʼminoti yordamida 36 soatlik qo’shimcha kurs olishdi. Mazkur kurs universitet tayanch doktoranti Zoir Abdurahmonov tomonidan olib borildi. Kurs yakunida uni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga bu bo’yicha tegishli sertifikatlar topshirildi.

Universitet matbuot xizmati