TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

Qozog‘iston Respublikasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya universitetimizda

2023-yil 4-may kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga Qozog‘iston Respublikasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Yergaliyev K.A. va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti rektori Kurishbayev A.K., M.Auyezov nomidagi Janubiy-Qozig‘iston universiteti rektori Kojajarova D.P. va boshqa delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Universitetning moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalari va ta’lim tizimining tashkiliy masalalari bilan tanishdi. Uchrashuv yakunida "TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti Almata shahrida 2023-yilda qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish va 2024-yilda Filial ochish masalalari muhokama qilindi.