TIQXMMI yangiliklari

img
10.04.2024

Qozog‘iston Respublikasi Almata shahrida 8 aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti boshqaruv kengashi raisi, rektor Akilbek Kurishbayev bilan uchrashuv amalga oshirildi

Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlararo komissiyasining 2022-yil 22-dekabrdagi bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti filialini Almata shahrida Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti “KazMATU” bazasida tashkil etish va barcha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan, dunyo va mintaqadagi dolzarb muammolari yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy hamda salohiyatni rivojlantirish sohasida olib borilayotgan hamkorlik holati va ularni rivojlantirish istiqbollari hamda ilg‘or tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.