TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2024

Qo’shma ta’lim samaradorligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 уil 10 dekabrdagi "Iqtisodiyot tагmоqlаri uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-42 sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamda Qozog'iston Milliy agrar tadqiqot universiteti o’rtasida bitim tuzilgan.

Hozirda Qozog'iston Milliy аgrаr tadqiqot universitetining 15 nafar 1 kurs talabalari 2-semestirini qo’shma talim asosida bizning universitetimizda o’qib kelmoqda. Ularni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish maqsadida 21-may kuni Qozog’istonning O’zbekistondagi elchixonasiga universitetimiz xalqaro hamkorlik bo’limi bosh mutahassisi Z.Umurzakov, GMTF kafedrasi mudiri prof. A.Sherov, PhD o’qituvchisi A.Ubaydillayevlar boshchiligida talabalar tashrif buyurdilar. U yerda joylashgan yashil hudud, kutubxona, sport zali, madaniyat xonalari bilan Elchining maslahatchisi O.Axmedjanova va elchixona hodimlari hamda boshqa vakillari tanishtirdilar.

Tashrif chog’ida talabalar turli cholg’u asboblaridan, kutubxonadagi asarlardan, milliy ananalardagi buyumlardan foydalandilar. Qolaversa elchixona xodimlari bilan birgalikda madaniy xordiq chiqarish tadbirlari va birgalikda fudbol o’yinlarini tashkil etish kelishinib olindi. Universitetimiz raxbariyati nomida Qozog’istonning O’zbekistondagi elchixonasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!