TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

Qo‘shma tadqiqot markazidagi uchrashuv

Joriy yilning 28 noyabr kuni “TIQXMMI” MTUga Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha bosh mutaxassisi va Markaziy Osiyodagi koordinatori Harjot Kaur xonim hamda Yevropa va Markaziy Osiyoda ijtimoiy rivojlanish bo’yicha mutaxassisi Tolmasbek Boltayev tashrif buyurishdi. Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazida tashkil etilgan uchrashuvni universitet rektori, professor B.Mirzayev ochib berib, universitet haqida, uning bugungi kunda kadrlar tayyorlash bo’yicha respublikadagi o’rni, vazifalari hamda xalqaro hamkor tashkilot va OTMlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar to’g’risida ma’lumotlar berdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad – Jahon bankining moliyaviy ko’magi doirasida universitetimizda yer resurlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat talablariga mos va Markaziy Osiyoda yagona bo’ladigan kadrlar tayyorlash uchun yangi mutaxassislik tashkil etish hamda Jahon banki va universitet o’rtasida integratsiyani amalga oshirishdan iborat bo’ldi. Uchrashuv so’ngida tomonlar kelgusida qilinishi kerak bo’lgan ishlar rejasini kelishib oldilar.

Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazi rahbari Ilхom Abduraхmanov  axboroti

Universitet matbuot xizmati