TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Qo‘riqlashar Vatanni mardlar

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti tyutori B. Abdullayev,  joriy yilning 10-yanvar kuni  1-kurs 101-guruh talabalar ishtirokida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

101-guruh talabasi Abduqaxarov Sardorbek Abdullo o‘g‘li  O‘zbekiston Respublikasi  Milliy gvardiyasi 98162 Harbiy qism 2 - Jamoat tartibini saqlash brigadasida xizmat o‘tab, o‘qishga imtiyozli asosda qabul qilindi.

Talaba yoshlarga Harbiy xizmat haqida ma’lumotlar berdi. Har bir yigit vatan oldida burchini sidqidildan bajarish, bu ish naqadar sharafli ish ekanligini,  Mustaqil O’zbekiston yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni asrash uning qadriga yetish har birimizning muhim burchimiz ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Zero, tinchlik, omonlik va xotirjamlik barqaror bo‘lgan yurtda barcha ertangi kunga ishonch bilan qarashi, xotirjamlik ila toat-ibodat va solih amallarni imon va ixlos bilan ado etadi.

Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o‘sib-ulg‘ayishlari, komil inson bo‘lib yetishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o‘rni, shijoati va jangavor ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq sevgisi mahkam joy olgan shijoatli o‘g‘lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo‘riqlamoqdalar. Tadbir so‘ngida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Energetika fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati