TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Qoraqalpoq sari yo‘l

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida joriy yilning 7 aprel kuni “Yangi Konstitutsiya-xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Referendum targ‘iboti tadbirlari o‘tkazildi. Targ‘ibot anjumanlari Xo‘jayli tuman Madaniyat saroyi, “Onalar bog‘i”, Bolalar musiqa maktabida tashkil etildi va ularda  455 nafar faol xotin-qizlar faollari, deputat ayollar, “Oqila ayollar” harakati, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, tadbirkor ayollar, davlat mukofoti sovrindorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar, otinoylar, keksa va nuroniy onaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik bilan ishtirok etishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova, targ‘ibot guruhi a’zolaridan Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy -tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmanova, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Z.Ismoilova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Abdujabbarova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘lim boshlig‘i, polkovnik D.Xudayberganovalar tomonidan Respublikada Davlat rahbari tomonidan oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati, samarali natijalari borasida fikr va mulohazalar bildirdilar. Jumladan, oilalar farovonligi va mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarga sharoitlar yaratish,  ta’lim tizimida qizlar uchun yaratilgan imtiyozlar, ularni ilm-fanga jalb etish va boshqa masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbirlar shukronalik ruhida va yuqori kayfiyatda o‘tkazilib, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi raisi Z.Bekimbetova, “Oqila ayollar” harakati a’zosi, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi N.Pirimbetova, “Buvijonlar maktabi” rahbari G.Sorieva, otinoylar G.Kuylibaeva, tadbirkor ayollardan A.Abdujamilova, deputatlar V.Sadikova, D.Ranova, yoshlar yetkachilari J.Elmuratova, D.Kamalatdinova, A.Bayniyazova, A.Pirjanovalar, “Zulfiya” mukofoti sovrindori Ye.Orinbaeva, targ‘ibotchi va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira G.Reimova, tomonidan bugungi kundan mamnunlik, ertangi kundan katta umidlilik kabi fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Shuningdek, barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda  30 aprelda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonuni bo‘yicha Referendumda har bir oila a’zolari va xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini mamnuniyat bilan  ta’kidlab o‘tishdi. Xujayli tumani, Samankul OFY hududidagi Madaniyat uyida “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida madaniy tadbir o‘tkazilib, Janajap ovuli FYda “Onalar bog‘i” yaratildi. Shundan so‘ng, tumandagi “Madaniyat” MFYda kam ta’minlangan oilalar uchun hokimlik tomonidan iftorlik ehson dasturxoni yozildi.

        Universitet matbuot xizmati