TIQXMMI yangiliklari

img
21.12.2023

Qoraqalpog‘istonda suv xo‘jaligi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 29 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda suv xo‘jaligida «kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil» e’lon qilinganidan va mazkur yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilanganidan barchamizning xabarimiz bor.

O‘quv kursi avvalida ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Juzbaev, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti milliy tadqiqot universiteti A.Suvanov hamda boshqa so‘zga chiquvchilar Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ahamiyati va mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish zarurati ayniqsa, Orolbo‘yi uchun qanchalik dolzarb masala ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Suv xo‘jaligi xodimlari  o‘quv kursi davomida “O‘zbekistonda suv xo‘jaligining holati va rivojlanish istiqbollari”, “Sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi”, “Zamonaviy va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Irrigatsiya va melioratsiyada innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari, suvdan foydalanishda to‘lov mexanizmlari”, “Gidrometriya, suv resurslarini hisobga olish muammolar va vazifalar”, “Suv istemolchilar o‘rtasida adolatli suv taqsimotini tashkil etish va nazorat qilish” “Qoraqalpog‘istonda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish sabablari” kabi o‘nlab mavzularda professor o‘qituvchilardan dasr oladilar. Shuningdek, kanallarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil qilingan o‘quv kurslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlaridan  jami 350 nafarga yaqin xodimlar ishtirok qilmoqda. Malaka oshirish kurslari 3 kun davomida olib boriladi va olgan bilimlari bo‘yicha ishtirokchilar yakuniy attestatsiyadan o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga Sertifikat berilishi rejalashtirilgan.

  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Matbuot hizmati