TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2024

“Qizlarjon” klubi qanday ishlayapti?

2024-yil 16-mayda “Yer resurslari va kadastr ” fakultetining “Qizlarjon” klubi a’zolari  o’zlarining tuquvchilik , rassomchilik va IT yo’nalishlari bo’yicha  fikr almashdilar. 5-tashabbus bo’yicha – Universitet talaba-qizlarining bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish, oilaga tayyorlash va hunarga o’rgatish maqsadida “Qizlarjon” klubi, tuquvchilik pazandachilik va tikuvchilik to’garaklari faoliyat yuritmoqda. “Qizlarjon” klubining tarkibi ta’lim muassasalari rahbariyati hamda xotin-qizlar kengashi faollarining qo’llab-quvvatlashi asosida shakllangan.

“Qizlarjon” klubini tashkil etishning asosiy maqsadi talaba qizlarni uzluksiz ta’limga to’liq qamrab olish, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash, shu jumladan, faolligini oshirishdan iborat. namoyon eta olmayotgan xotin-qizlarning orzu intilishlariga ko’mak berish, jamiyatda o’z o’rnini topishi maqsad qilib olingan. Kelajakda “Qizlarjon klubi” a’zolari sonini  yanada  orttirsh maqsadida,talaba qizlarni ko’proq jalb qilsak maqsadga muvofiq bo’lar edi,

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati