TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2024

Qizlar muammolari hamisha e’tiborda

Joriy yilning 12-fevral kuni 3-talabalar turar joyida talaba qizlarimizga"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova boshchiligida fakultet ayol professor-o'qituvchilari tomonidan ehson dasturxoni yozilib, bir piyola choy ustida, dildan ochiq davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda "Iqtisodiyot" fakulteti dekani Uchqun Zoirovich lshtirok etib, talaba qizlarni yotog'xonada yaratilgan sharoitlar, o'quv jarayonidagi qizlarimizning o'zlarini qanday muammolar qiynayotgani to'g'risida dildan suhbat qurildi.

Ehson dasturxoniga somsalar, mantilar va sevimli taomimiz osh tortildi. Davra suhbatidan talaba qizlarimiz, ham pazandalik sirlarini, dasturxon bezash ham go'zal axloq - odob  qoidalarini o'rganibgina qolmay, balki bir piyola choy ustida fakultet dekani bilan birga bir dasturxon atrofida ochiq dildan suhbat qizg'in bo'lganidan, ko'ngillari to'lib qizlarimizga berilayotgan e'tibordan xursand bo'lishdi. Davra suhbati sermazmun, quvnoq tarzda otdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati