TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakultetida xorijiy professor ishtirokida ochiq maruza tashkil etildi

17-May kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Umumtexnik fanlar kafedrasi tomonidan Kazan davlat federal universiteti professori Panov Aleksey Gennadievich taklif etildi, hamda “Современное состояние и перспективы применение металлических материалов в сельском хозяйстве” mavzusida ochiq ma’ruza tinglandi.

Ma’ruzada fakultet dekani hamda professor o‘qituvchilar va Metrologiya,standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (qishloq va suv xo‘jaligida) talim yo‘nalishi talabalari faol qatnashishdi. Hozirgi kunda zamonaviy qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan metallar va ularning xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari to‘grisida ham fikr almashinildi.