TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

“Qardosh xalqlar o‘rtasida hamkorlik”

Universitetning “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi mudiri A.S.Berdishev Qozog‘iston Respublikasidagi Korkit Ota nomidagi QizilO‘rda universiteti taklifiga binoan magistrantlarining bitiruv imtihonlarida davlat attestatsiyasi komisiyasi raisi sifatida ishtirok etib qaytdi. Qozog‘iston Respublikasiga qilingan xizmat safari chog‘ida A.S.Berdishev tomonidan magistratura mutaxassislari uchun dissertatsiya himoyasiga qo‘yilgan talablar o‘rganildi.

Shuningdek, Korkit Ota nomidagi QizilO‘rda universiteti axborot resurslar markazidan sohaga oid bir nechta o‘quv adabiyotlari hamda bir qancha Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan ilmiy ishlar natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy-texnik, ilmiy-ommabop jurnallar olib kelindi. Safar natijasi o‘laroq, tegishli kafedralar bilan o‘zaro mos ilmiy tadqiqotlar mavzulari bo‘yicha doimiy hamkorlik rejalari tuzildi.