TIQXMMI yangiliklari

img
09.03.2024

“Qalqon” jamoasi hamisha el xizmatida

“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tunda ishlaydigan hamda kechikib keladigan talabalar bilan muntazam ishlashni yo’lga qo’yganidan xabaringiz bor. Shunday ekan kech kelib nomi qayd etilayotgan talabalarga ogohlantirish sifatida bir necha bor tushuntirishlar olib borildi.

Ichki tartib qoidalarini muntazam buzib kelayotgan va o’zini yurish turishini tartibga solmagan talabalarga oxirgi bor ogohlantirishlar berilib birinchi Hayfsan keyin esa talabalar turar joylaridan chiqib ketishlari mumkinligi to’g’risida qat’iy ogohlantirildilar.

Qalqon jamoasi talabalar bilan ishlashda muomila madaniyatiga e’tibor berishlari har bir talaba bilan ishlaganda ularning muammolarini o’rganish va takliflar yuzasidan ro’yhat shakllantirish kelishib olindi. Unutmang! Ezgu niyatdagi “Qalqon” jamoasi hamisha el xizmatida.