TIQXMMI yangiliklari

img
06.09.2023

Psixolog va talabalar uchrashuvi

Joriy yilning 5 sentabr kuni universitet psixologi xonasida QSXET fakulteti 105-guruh talabalarini universitet psixologi faoliyati bilan tanishtirish va targ'ibot qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni universitet psixologi M.K.Muhammedova va QSXET fakulteti tyutori D.Xudoynazarovalar hamkorlikda tashkil etishdi. Uchrashuvda universitet psixologi M.K.Muhammedova talabalarga universitet psixologi faoliyati to'g'risida to'liq ma'lumotlar berib o'tdi va insonlar qanday holatlarda psixologga murojaat etishi mumkinligi, bunda mijoz va psixolog o'rtasidagi suhbat sir saqlanishi, tushkunlik, stress holatlar, psixologik muammolar yuzaga kelgan paytda psixolog yaxshigina dalda bo'la olishi haqida so'z yuritdi. Tadbir savol javob shaklida o'tkazildi. Barcha talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli tarzda javoblar olishdi. Uchrashuv so'ngida talabalar o'z talab va takliflarini, qiziqishlarini bayon etib o'tishdi. Talabalarning takliflari asosida tadbirlar tashkil etishni maqsad qilgan holda uchrashuv yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati