TIQXMMI yangiliklari

img
25.09.2023

Psixolog va bo'lajak mutaxassislar uchrashuvi

Joriy yilning 22 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU Yer resurslari va kadastr fakulteti 1-o'quv zalida barcha 4-kurs talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova talabalarda shaxs va uning tashkilotchilik , boshqaruv  faoliyatida individual uslub, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirishning ijtimoiy- psixologik shart-sharoitlari  haqida tushuncha hosil qilish malakasini shakllantirish maqsadida tadbir tashkil etdi.

 

Tadbirda boshqaruv qarorlariga qo'yiladigan talablar, boshqaruv qarorlari unsurlari, boshqaruv qarorlari turlari haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda Yer resurslari va kadastr fakulьteti  yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshova ham talabalarda tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishga doir o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. Tadbirning so'nggi qismida berilgan ma'lumotlar savol-javoblar orqali mustahkamlandi. Barcha talabalar yig'ilishda faol ishtirok etishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat