TIQXMMI yangiliklari

img
10.10.2023

Psixolog bilan uchrashuv

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova, X.Ro’zmetov va universitet psixologi M.Muhammedovalar hamkorligida fakultetning 1-bosqich talabalari ishtirokida “Psixolog bilan uchrashuv” tadbiri tashkil etildi.

Unda psixolog Muhayyo Muhammedova talabalarga avvalo, odob-ahloq qoidalariga rioya qilishning estetik jihatdan ahamiyati, shuningdek kelgusidagi maqsad va rejalaridan kelib chiqib hozirdan qanday vazifalarni oldiga qo’yib borish kerak ekani, ularni amalga oshirishda psixologik qiyinchiliklarni yengish usullari haqida ham to’xtalib o’tdi. Ayniqsa, ijodkor yoshlar uchun universitetimizda yaratilgan sharoitlar va to’garaklar haqidagi do’stona suhbatlar talabalarda yanada qiziqish uyg’otdi. Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar tez-tez o’tkazib turilishiga kelishib olindi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot хizmati