TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

Prorektor va rektor maslaxatchisi boshchiligida Qalqon jamoatchilik guruhi bilan davra suhbati

Kecha 15-mart kuni Oliygohimiz Talabalar turar joyida Universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha prorektori R.Choriyev hamda Rektor Maslahatchisi A.Abdusamatov boshchiligida "QALQON" jamoatchilik guruhi a'zolari bilan ochiq muloqot tarzida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbati doirasidagi asosiy masala bu Respublikamizga yaqinlashib kelayotgan "21-mart NAVRO'Z bayrami" munosabati bilan Talabalar turar joylarida tashkil etiladigan bayram dasturi doirasidagi tashkiliy ishlar haqida hamda bayramni ko'tarinki ruhda tashkil etish masalalari haqida tegishli topshiriqlar berildi.
Qolaversa suhbat davomida Universitetimiz barcha talabalarini ijtimoiy, ilmiy, ma'naviy-ma’rifiy, sport va shu kabi boshqa sohalarda faolligini oshirish borasidagi chora tadbirlarni tashkil etish uchun "QALQON" jamoatchilik guruhi  a'zolari o'zlarining fikr mulohazalari tinglandi. 

Barcha talabalarimizni Universitetimizda hamda Talabalar turar joylarida bayramoldi bo'lib o'tadigan hashar va obodonlashtirish ishlarida faol taklif qilib qolamiz.

Universitet "QALQON" jamoatchilik guruhi matbuot xizmati