TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Profilaktika inspektori bilan uchrashuv

5-oktabr kuni “TIQXMMI” milliy tadqitot universiteti “Ekologiya va huquq”  fakulteti 1-bosqich talabalari va Universitet huquq tartibot profilaktika katta inspektori, mayor Ubaydullayev Avzal Rixsiboyevich ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Unda universitet ichki tartib qoidalari va odob ahloq kodeksiga rioya qilish, tamaki va alkagol maxsulotlari iste’molining zararlari va oqibatlari, shuningdek ta’qiqlangan diniy ma’ruzalar tarqatish orqali o’zi bilmagan holda jinoyatchiga aylanib qolayotgan yoshlar haqida ham atroflicha so’z yuritildi. Yuqoridagi zararli odatlar va jamiyatda yurish-turish tartib qoidalarini qasddan buzganlik uchun jazo choralari haqida ham to’xtalib o’tildi. Tadbir davomida talabalar o’zlariga kerakli xulosalarni chiqarib olishdi.

 

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Iroda Ahmedova axboroti