TIQXMMI yangiliklari

img
03.10.2023

Professorimiz Qizil O‘rda universitetida

Universitetimizning “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya mashinalari” kafedrasi professori Tursunov Obid Boboqulovich 2023-yilning 11-16 sentabr kunlari Qozog‘istonning Ko’rkyt Ata nomidagi Qizil O‘rda Universitetida bakalavr va magistratura talabalariga ma’ruzalar olib bordi. Professorimiz ushbu universitetning 6B07155-Elektroenergetika 4-bosqich talabalariga va 7M07155-muqobil energiya manbalari va energiyatejamkor texnologiyalar mutaxassisligi talabalariga “Muqobil energiya manbalari potensialini baholash” mavzusida ma’ruzalar olib bordi.

 

Ma’ruzalar interaktiv usulda ma’ruza zallarida va Universitetning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” poligonida olib borildi. Professorimizning ma’ruza o‘tish usullari va talabalar bilan o‘zaro ochiq muloqot qilishi Qozog‘istonlik talabalarda katta taassurot qoldirdi va ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.

Professor Tursunov Obid Boboqulovich ushbu universitetda faqatgina talabalarga ma’ruzalar o‘tibgina qolmasdan, ilm-fan arboblari, olimlar bilan ham muloqotlar olib bordi, o‘zaro fikrlar almashildi. Olimimiz o‘zining ushbu sa’y-harakatlari bilan Universitetlarimiz o‘rtasidagi kelgusi aloqalarni rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.

 

Universitetimiz professori Tursunov Obid Boboqulovichning Ko’rkyt Ata nomidagi Qizil O‘rda Universitetiga tashrifi samarali bo‘ldi, u universitet rahbariyati tomonidan hurmat-ehtirom bilan kutib olindi va tashrif yakunida hurmat belgisi sifatida esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

stajyor oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati