TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

Professor E.Fayziboyevning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan ushrashuv

Inson xayotligidayoq yaxshi amallari bilan o‘ziga haykal o‘rnatib ketadi. Bu yaxshi amallar insonning tarbiyalab yetishtirgan farzandlari, bilim va tarbiya bergan shogirtlari va o‘lmas asarlaridir.

Inson vafot etar ekan, uning yaqinlari doimo yaxshi xislatlarini yod etib, ruhlarini shod aylashadi. Insonning hayotlik davridagi yozilgan asarlari zamonlar osha shogirtlari tomonidan to‘ldirilib boriladi va kelajak avlodlarga yetkazilib turiladi.

Bugun Universitetimizda ko‘p yillar davomida prorektor, fakultet dekani, “Oliy matematika” kafedrasi mudiri va professori lavozimlarida ishlagan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi ustoz Elchi Fayziboyevich Fayziboyev yorqin xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv ustoz o‘qigan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 13-maktabda bo‘lib o‘tdi.

E.Fayziboyev xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuvda uztozning qadrdonlari, hamkasblari farzandlari va shogirtlari ishtirok etishdi. Bo‘stonliq tumanidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan matematika, fizika, biologiya fanlaridan fan olimpiadasi g‘oliblari va faol qatnashuvchilarga sovg‘alar va Universitetimiz rektorining tashakkurnomasi topshirildi. Shuningdek ustoz o‘qigan 13-maktab axborot-resurs fondiga universitetimiz tomonidan kitoblar to‘plami topshirildi.