TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2024

Pokizalik – inson ziynati  

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli  3- talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Qizlar va yigitlar qavatlaridagi  xonalar, oshxonalar, kirxonalar, yo‘laklar, kompyuter xonalar, chiqindi tashlash  joylari xam ko‘zdan kechirildi. Sovutgich va elektroplitalar tozaligi xam tekshirildi. Talaba – yoshlarga  yotoqxona ikkinchi uyimiz ekanligi, uni asrab-avaylash kerakligi, toza, ozoda, pokiza yashash tarbiyamizning bir qismi ekanligi tushuntirib o‘tildi. Albatta tozalik – sog‘lik garovidir.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati