TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

Piskentdagi maktabda

18-mart kuni "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan dotsent Sh.I.Xodjimuxamedova, professor M.Sh.Mamatqulov, katta o‘qituvchi  D.N.Talipova, assistent  N.A.Akramovalar Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 8-o‘rta maktabga tashrif buyurdilar. O‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra  suhbati o‘tkazdilar.

Davra suhbatida  bitiruvchi sinf o‘quvchilari qatnashdilar va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Davra suhbatida faol qatnashgan o‘quvchi yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Davra suhbatini o‘tkazishda maktab direktori M.Abduraximovaga kafedramiz nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Universitet matbuot xizmati