TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2024

Pazanda qizlar - orasta qizlar

2024 yil 15 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  “Xotin-qizlar kengashi” tashabbusi bilan 2-sonli Talabalar turar joyida «Pazanda qizlar - orasta qizlar» mavzusida tadbir tashkil qilindi. 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustozlar bilan talabalar o‘rtasida erkin muloqot qilish uchun yoqimli va foydali muhit yaratish.

Tadbir jarayonida TTJda istiqomat qiluvchi qizlar bahoriy vitaminlarga boy salatlarlar tayyorladilar, Xorazm oshi damlandi  hamda turli shirinliklar pishirib o‘z mahoratlarini namoyish qildilar.

Tadbirga tashrif buyurgan ayol o‘qituvchilar, tyutorlar ham talaba-qizlar bilan birgalikda salat tayyorlash, xamir yoyish barobarida, qizlarga tansiq taomlar tayyorlash, dasturxon bezatish, taomni mehmonlarga tortiq qilish borasida o‘ziga xos maslahatlarini berdilar. 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati