E'lonlar

05.07.2022

Pardaboyev Anvarjon Pardaboy o‘g‘lining dissertatsiya ishi himoyasi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.12.2021.T.10.02 raqamli ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy Kengashning

2022 yil 08 iyul soat 11-30 dagi navbatdagi yig‘ilishi

KUN TARTIBI

Talabgor Pardaboyev Anvarjon Pardaboy o‘g‘lining 11.00.07 – “Geoinformatika” va 06.01.10–“Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” (texnika fanlari) tutash ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlangan «Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari yerlaridan foydalanish monitoringini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi.