TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

O'zbekiston tarixi muzeyiga sayohat

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayev 14-oktabr kuni  1-kurs faol talabalari bilan  O'zbekiston davlat tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Ushbu muzey O'rta Osiyo va Toshkentdagi eng qadimiy muzeylardan bo‘lib, avval Turkiston Xalq muzeyi nomi bilan elga ma’lum bo‘lgan.

Muzey bilan tanishish jarayonida, talaba yoshlar O‘rta Osiyo xalqlarining O‘zbekiston hududida tosh asri va ilk ijtimoiy tuzumlar davridan boshlab, to bugungi kunga qadar tarixiy rivojlanish davrlari bilan tanishib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Muzeydagi ko‘rgazmalar orasida Temuriylar tarixiga oid o‘rta asrlarda Movarounnahrda istiqomat qilgan xalqlarning rivojlanish bosqichi sivilizatsiyasini keng ko‘lamda yorituvchi ilm-fanda, she’riyatda kitobiy miniatyuralar san’ati, arxitektura va boshqa hunarmandchilik buyumlarining yuksak namunalari, talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati