TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

“O‘zAgrolizing” kompaniyasi bilan hamkorlik natijalari

         2022 yil 1-dekabr kuni universitetimizga “O‘zAgrolizing” aksiyadorlik jamiyati raisi Otajonov Nodir Sobirovich xamkorlik doirasidagi shartnomaga muvofiq tashrif buyurdi. Tashrif doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet rektori “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultet dekani, kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari va talabalar ishtirok etishdilar.

      Tadbirni universiteti rektori Bahodir Suyunovich Mirzaev ochib berdi va “O‘zAgrolizing” aksiyadorlik jamiyati raisi Otajonov Nodir Sobirovichga so‘z berdi.

       Nodir Sobirovich O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlanib borayotgan holatlari, xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligini rivojlanganliklari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berib o‘tdilar.

       Tadbir davomida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ - 3698-sonli, 2018 yil 8 maydagi PQ-3702 sonli Qarorlariga muvofiq fan-ta’lim-ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha universitetimiz bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan va iqtidorli talabalaridan 5 nafariga “O‘ZAGROLIZING” STIPENDIYASI SERTIKATI topshirildi va barcha talabalarga o‘qish va ishlarida omad tilab qoldilar.