TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2023

Orolga oid loyiha doirasidagi ilmiy tadqiqotlar

2023-yil 20-may kunidan boshlab “Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash” (ERAS-II) loyihasi doirasida O‘zbekiston tomonidan 5 nafar ishtirokchilar, jumladan, Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi xodimlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Qozog‘istonga tashrif buyurdi.

Mazkur delegatsiya orasida Universitetimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi t.f.d., dotsent L.Samiyev ham bor. Delegatsiya hududda aholining yashash sharoiti, mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi, ushbu uchrashuvlar natijasida mutaxassis va ekspertlar tomonidan Orolni saqlab qolish markaziga zarur taklif  va tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlikda Qizilo‘rda viloyatida (ERAS-II) loyihasi doirasida  xorijlik ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda shuningdek, mazkur loyiha bo‘yicha Orol tumani va Orol dengizini qurg‘oqchilikdan saqlab qolish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda donorlar konferensiyasi ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

Universitet matbuot xizmati