O‘qitish nazariyasi va metodikasi

img

O‘qitish nazariyasi va metodikasi

Kafedra mudiri

pedagogika fanlari doktori, dotsent

Sabirova Gulnoza Sadikovna

Email: g.sabirova@tiiame.uz

 

 

 

 

“O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi 2023-yil 1-fevralda tashkil topgan. Kafedrada 10 dan ziyod yuqori malakali professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat olib boradi. Professor-o‘qituvchilarining barchasi xalqaro va milliy til bilish ko‘nikmalarini belgilovchi sertifikatlarga (IELTS, CEFR, TESOL, TKT, APTIS for Teachers) ega bo‘lib, soha vakillari orasida malakali mutaxassislar sifatida eʼtirof etilgan. Shuningdek, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari tomonidan nomutaxassis talabalarga ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha qator o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar hamda boshqa o‘quv materiallari yaratilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Respublika OTM talabalari va pedagog xodimlar tomonidan ingliz tilini o‘zlashtirish va o‘qitish maqsadida keng foydalanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda, kafedrada 1 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc) va 4 nafar falsafa doktori (PhD) pedagogik va ilmiy faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan qator ilmiy nashrlar, jumladan, monografiyalar, risolalar hamda nufuzli xorijiy va milliy jurnallarda maqolalar, shu bilan birga konferensiyalarda tezislar chop etilgan. Shu bilan bir qatorda kafedrada xorijlik professorlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedra jamoasini pedagogika fanlari doktori, dotsent Sabirova Gulnoza Sadikovna boshqarib kelmoqda. Kafedra “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishi talabalariga dars berib kelmoqda. Kafedra o’qituvchilari fonetika, grammatika, roman-german filologiyasiga kirish, til ko’nikmalari integratsiyasi, adabiyotshunoslik kabi fanlarni o’qitib kelmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari 2023 yil iyul-avgust oylarida Buyuk Britaniyaning Norwich shahrida joylashgan NILE malaka oshirish instituti tomonidan taklif qilingan kurslarda o’z bilim va malakalarini oshirib kelishdi. NILEda professor-o‘qituvchilar quyidagi kurslarda qatnashdilar: CLIL; assessment, testing and evaluation; using videos and movies in teaching. 2023 yil oktyabr oyida kafedra professor-o‘qituvchilari G.S.Sabirova, B.R.Samatova va K.Alautdinovalar Dunyo Reytingida Top-276 o’rinni egallagan Qozog’iston Respublikasi Eura Osiyo Milliy Universitetiga borib ma’ruzalar o’qib kelishdi. Kafedra o’qituvchilari “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishi 1 va 2 bosqich talabalari bilan 2023 yil davomida Spelling Bee, Drama theatre, Samarqand sayohati, Quyosh instituti va Suqoqqa sayohat uyushtirildi.