TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2023

Onlayn dars

Joriy yilning 30-mart Payshanba kuni soat 13:35 da navbatdagi "Notiqlik sanʼati" oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Bu galgi mashgʻulot ustoz Rahimboy Jumaniyozov Navoiy viloyatiga tashrif buyurganligi sababli online tarzda "Zoom" ilovasi orqali boʻlib oʻtdi.  Online tarzda oʻtgan darsda "Energetika" fakultetining barcha tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi. Darsni boshlashdan oldin talabalar uy vazifalarini ustozga online tarzda topshirishdi. Vazifadagi xato va kamchiliklar ustoz tomonidan toʻgʻirlanib boyitildi. Soʻng yangi mavzu "Nutqning mantiqiyligi" borasida suhbat qurildi. Yangi mavzuni ustoz keng va toʻla tushuntirib berdilar. Garchi dars online tarzda oʻtgan boʻlsa ham Notiqlik sanʼati aʼzolariga qiyinchilik tugʻdirmadi.

Ustoz taʼkidlaganlaridek: "Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning toʻgʻriligiga ishontirish bilan bogʻliq har qanday nutqiy jarayon oʻzaro bogʻliq uch unsurdan tashkil topadi. Birinchi unsur - isbotlanishi kerak boʻlgan fikr. Ikkinchisi- fikrning toʻgʻriligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi-namoyish, yaʼni fikr va asos (dalil)lar o`rtasidagi aloqani koʻrsatuvchi mantiqiy bogʻlanish" dir. Bundan talabalar oʻzlariga xulosa chiqarish olishdi hamda ular orasida shunday fikr tugʻildi: "Notiqning muvafaqqiyati uning qay darajada mantiqning asosiy qoidalarini bilishi va ularga rioya etishiga bogʻliq" ligidir. Bu albatta toʻgʻri tushuncha. Vazifa sifatida talabalarga Mantiqsiz gaplar tuzish hamda ularni ogʻzaki nutqda maʼnosini toʻgʻrilab, chiroyli gap shakliga keltirish vazifa sifatida berildi. Dars jarayoni har doimgidan qiziq tarzda oʻtdi. Zero, viloyatga tashrifi doirasida ham darsni qoldirmagan, online tarzda oʻtkazgan ustoz Rahimboy Jumaniyozovga tashakkur bildiramiz.

"Energetika" fakulteti 1-bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat

Universitet matbuot xizmati