TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2023

Ona Vatan tuprog'i – ona sutidan aziz

           Joriy yilning 18 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU 1-TTJ GTQ fakulteti talaba yoshlari bilan GTQ fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Azimov, GTQ fakulteti tyutorlari A.Xaydarov, D.Xursandova, 1-TTJ tarbiyachi-pedagogi M.Asrorova va 1 TTJ komendanti R. Aliyevlar tomonidan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari-tinchlik va osoyishtalik posboni" shiori ostida talaba yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va an'analarga sodiq bo'lish, hamjihatlilik, oqibatlilik va mehr muruvatlilik xususiyatlarini yanada kuchaytirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi, ayniqsa 1 kurs talabasi Sh.Orziqulov o'z fikr va mulohazalari bilan yig'ilish ishtirokchilarida yaxshi taassurotlar uyg'ota oldi. Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan tadbirdan barcha ishtirokchilar o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda, tadbir o'z nihoyasiga yetdi.

 1-TTJ tarbiyachi-pedagogi M.Asrorova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati