TIQXMMI yangiliklari

img
20.03.2024

Oltin yerda qolsa ham, bilimli yoʻlda qolmas

Universitet rektorining 2023-yil 28-sentyabrdagi “Energetika" fakultetining 2-3-4-kurs talabalarini ustozlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 275-a/f-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalar bilan muntazam ravishda ushrashuv tashkil etilmoqda. Joriy yilning 19-mart kuni “Oltin yerda qolsa ham, bilimli yoʻlda qolmas” mavzusida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi 2-bosqich doktoranti Mutalov Alisher Abduxalil o’g’li o‘zining shogirdlar bilan ushrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda Respublikamiz va dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida suhbatlashildi. Talabalarga o‘quv va ilmiy yo‘nalishda maslahatlar berildi hamda kim ilmiy yo’lda ketishi yoki ishlab chiqarishda ishlashi bo’yicha fikrlari tinglandi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Yuqori kursdagi talabalar o’z maqsadlari sari yo’lda davom etmoqda, 2-3 kursdagi talabalar hayot yo’lini yanada to’g’rilab o’zlariga to’g’ri yo’lni qo’yib oldilar. O’ylaymizki, yoshlar kelajakda yetuk kadr bo’lib chiqishadi.

"Energetika" fakulteti “TJAB” kafedrasi doktoranti Mutalov  Alisher axboroti

Universitet matbuot xizmati