TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

Oltin davr 40-yil o‘tib yana esga olindi

Respublikamizda  hech kimga sir emaski  TIQXMMI –MTU oliygohi azaldan ayniksa bugungi kunda ham nufuzli ilm dargohlaridan hisoblanadi. Ayniqsa davlat va jamiyat qurilishi hamda ishlab chiqarishning barcha jabhalarida malakali kadrlar tayorlashda ham munosib o‘rin egallab kelgan va hozirda ham o‘z o‘rnini egallab turibti.

Mana shu tabarruk dargohni bitirganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz. Shunga ham mana  40 - yil to‘libdi.

Shukurlar bo‘lsinki  "OLTIN DAVR" do‘stlarimiz  yani  TIQHMMI ni 1984 - yil  QXM fakulteti (SX, ChM, MR yo‘nalishlari) ni bitirgan kursdoshlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 120 ta talaba bitirgan bo‘lsa bu patokda shundan 75 nafari bugungi uchrashuvga tashrif buyurdilar. To‘g‘ri bu borada  40 yil davomida oramizdan bevaqt o‘tgan kursdoshlarimiz ham bor. Ularning oila a’zolarini ham taklif etilgan.  O‘tgan ustozlarimiz va kursdoshlarimizni Alloxim rahmatiga olib joylarini jannatning to‘rlaridan qilsin.

Bugungi kunda kursdoshlarimizdan davlat xizmatida ishlayotgan, ta’lim muassasalarida professor, dotsent lavozimlarida ishlayotgan, korxona va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyatini olib borayotgan, professional ta’lim sohasida o‘qituvchmilik qilayotgan va qishloq va suv xo‘jaligining barcha sohalarida o‘z mutaxassisliklari bilan ishlayotganlari ham borligi bizni xursand qildi. Kursdoshlar orasida bugungi kunda nafaqalik gashtini surayotganlar nabiralar bilan birga bo‘layotganlar ham bor albatta. Vaholanki hamma o‘z ishi bilan band va jamiyatdagi o‘zgarishlarga befarq emaslar. Kim bo‘lib ishlashlaridan qati nazar ular kursdoshlar va talabalik davrlaridagidek do‘stlar, yaqinlar va qadrdonlardir. Shuni unitmasligimiz zarur.      

To‘g‘risini aytsam  universitetdagi bugungi o‘zgarishlar, zamonaviy talim jihozlari bilan taminlanishi, ilm va manaviyat o‘chog‘i bo‘lgan kutubxonani barcha ilgor talablarga javob beradigan qilib qo‘yilganligini ko‘rib xavasimiz keldi, lol qoldik. Qani edi yana bir bor ilm olishga imkoniyat tug‘ilsa degan xayol orzu har birimizni ko‘nglimizdan o‘tdi.     

Ayniqsa universitetdagi sog‘lom muxit, rektordan tortib barcha prorektorlar,professor-o‘qituvchilarni kutib olishdagi munosabatlarini ko‘rib xursand bo‘ldik. Ayniqsa universitetning xovlisini ko‘rkam va obodligini ko‘rib insonni dili yayraydi.         

Bizni kutib olgan va tashkiliy masalalarda biz bilan hamnafas bo‘lgan  rektor B.Mirzaev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriev, fakultet dekani Q.Shavozov va R.Ergashevlarga katta minnatdorchilik bildirib qolamiz. Ular bilan uchrashuv sermazmun va qiziqarli o‘tdi. Ular tomonidan bugungi kunda institutimizni  milliy tadqiqot universitetiga aylanganligi, ularda fakultetlar va yo‘nalishlarda jaxon standartlari asosidagi yo‘nalishlar va fakultetlar kiritilganligi va holanki barcha jabxalardagi yangiliklar va o‘zgarishlar, yutuqlar va natijalar haqida batafsil tanishildi. Bu esa bitiruvchi kursdoshlarga juda qiziqarli va kerakli ma’lumotlar  bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki endilikda ularning navaralari va keyingi avlodlarning kasb tanlashlariga imkoniyat deb bilamiz.

Fursatdan foydalanib barcha kursdoshlarimiz nomidan Ustozlarimizga ko‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib tazim qilamiz. Doimo bizdek shogirdlarni davlatimizning turli jabhalariga kadrlar tayyorlashda charchamasliklarini tilab qolamiz.

TIQXMMI 40 yillik bitiruvchisi  Ismailova Zuxra Karabaevna.