TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Oliy ta`limda ishlab chiqarish amaliyotining oʻrni

Universitet rektorining 2023-yil 28-sentyabrdagi “Energetika" fakultetining 2-3-4-kurs talabalarini ustozlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 275-a/f-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalar bilan muntazam ravishda ushrashuv tashkil etilmoqda. Oliy ta`limda ishlab chiqarish amaliyotining oʻrni” mavzusida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Ubaydullayeva Shaxnoz Raximjanovna o‘zining shogirdlar bilan ushrashuvini o‘tkazdi. 

Uchrashuvda oliy ta`lim muassasalarida  ishlab chiqarish amaliyotining o`rni, Respublikamiz va dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida suhbatlashildi. Talabalarga o‘quv va ilmiy yo‘nalishda maslahatlar berildi hamda kim ilmiy yo’lda ketishi yoki ishlab chiqarishda ishlashi bo’yicha fikrlari tinglandi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Yuqori kursdagi talabalar o’z maqsadlari sari yo’lda davom etishlari uchun barcha sharoitlar borligi takidlandi.