TIQXMMI yangiliklari

img
04.07.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti jamoasiga tabrigi

Vazir Kongratbay Sharipov “QS dunyo universitetlari reytingi 2025” ro‘yxatida 547 o‘rinni egallab, milliy oliy ta’lim tizimi tarixida eng yaxshi natijaga erishgani bilan qutladi.

“Ishonchimiz komilki, Sizlar ushbu yutuqdan yanada ruhlanib, yaqin yillarda dunyoning eng nufuzli TOP-100 oliygohi degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasizlar.

Bunday natijalar universitetingizda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari, fidokorona mehnatlari samarasidir. Sizlarni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklarkanman, universitetning nufuzli reytinglardagi ko‘rsatkichlari yildan-yilga oshib borishiga tilakdoshman” – deb ishonch bildirdi o‘z tabrigida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri