TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

“Olima ayollar” tanlovida gʻoliblik sari

4-arel 2024-yil Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi tashabbusi bilan  “Olima ayollar”klubi raisi Umida Sangirova tomonidan Oliy ta'lim va innovasiyalar vazirligi huzuridagi innovasion rivojlanish agentligi tomonidan  “Olima ayollar” tanlovi 86 turi boʻyicha “Olima ayollar grantlari” va “Tashabbuskor Amaliy va Innovasion loyihalar tanlovi” uchun topshiriladigan loyihalarning keyingi bosqichlaridagi asosiy vazifalar va talablari  boʻyicha onlayn “VEBINAR”tashkil etildi.


          Vebinarda xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash a'zolari, dekan maslaxatchilari, ael professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar  qatnashdilar.

Loyihalarni qanday tayyorlash, ularni rejalashtirish, xujjatlarni toʻldirish, loyihani boshlab to oxiriga etishguncha kerakli bosqichlar yuzasidan  taqdimot shaklida tushintirib berildi.

Ayollarning loyiha doirasida barcha savollariga toʻliq javob bergan holda vebinar qiziqarli oʻtkazildi. Bu yilgi loyihaga  har bir fakultet kesimida 5 tadan loyiha tayyorlash masuliyati va nazorati dekan maslaxatchilariga va “Olima ayollar” klubi zimmasiga qoʻyilgan boʻlib ilmiy ishlar va innovasiyalar boʻlimi boshligʻi Qoʻziev zimmasiga .qoʻyildi. Bu esa kelajakda loyihalar tanlovida gʻoliblik sari olgʻa borishga imkoniyat demakdir.