TIQXMMI yangiliklari

img
15.10.2023

Olamni yashnatar — qishloq ayoli

15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman e'lon qilinib, ilk marta 2008 yil 15 oktabrdan nishonlanib kelinmoqda. Bugungi kunda dunyoning ko'plab davlatlarida ushbu kun bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Har yili “Xalqaro ayollar sammiti” tomonidan “Qishloqda ayollar ijodiyoti” tanlovi e'lon qilinib, aynan bayram kuni g'oliblar Jenevada tashkil etiladigan tadbirda taqdirlanadilar.
Ushbu halqaro bayramning O'zbekistonda xam keng nishonlanishi qishloqlarda istiqomat qilayotgan, davlatimiz va xalqimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shayotgan xotin-qizlarimiz uchun yana bir e'tirof va e'tibor desak yanglishmagan bo'lamiz. Sabr-matonatli, mehnatkash, oilaparvar va sadoqatli, soddadil, samimiy, mehnatsevar va g'ayrat-shijoatga boy qishloq ayollari bunday e'tibor va g'amxo'rlikka hamisha munosibdirlar. Ayniqsa, bugungi kunda ularning farzand tarbiyasi, uy-ro'zg'or ishlariga chalg'ib qolmay, serqirra faoliyat bilan mashg'ul ekani, natijada qishloq ayollari orasidan ham taniqli olima va shifokorlar, muallima va tadbirkorlar yetishib chiqayotgani har qancha tahsinga loyiq.
Aziz va muhtaram ayollar! Barchangizga oila davrasida tinch-omon, sog'-salomat, farovon va baxtli turmush kechirishingiz, jamiyat hayotida faol ishtirok etishingiz uchun Yaratgandan sizlarga kuch quvvat va shijoat tilab qolamiz!

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati